INVESTITSIYA RESURSLARI VA HUDUDIY KAMBAG‘ALLIK DARJASINI IQTISODIY NATIJADORLIK MUVOFIQLIGI ASOSIDA BAHOLASH

Authors

  • Nabiyev Olimjon Abdisalomovich Author

Abstract

Hududiy investitsiya siyosatini baholashda eng muhim metodologik muammolardan biri jalb qilingan resurs hajmi bilan undan shakllanayotgan iqtisodiy natijani bir ko‘rsatkich doirasida aralashtirib yubormaslikdir. Investitsiya yuqori bo‘lgan hududni avtomatik ravishda yuqori natijador, investitsiya past bo‘lgan hududni esa past samarador deb baholash hududning ishlab chiqarish tuzilishi, mehnat bozori, infratuzilma va mahalliy iqtisodiy aloqalarini e’tibordan chetda qoldiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PF–143-son Farmonida barqaror bandlik, yuqori daromad, tadbirkorlik va hududlar infratuzilmasini rivojlantirish kambag‘allikni qisqartirishning kompleks yo‘nalishlari sifatida belgilangan [1]. PQ–330-son qarorda esa 2024–2025-yillarda aholini kambag‘allikdan chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichlari hududlar kesimida tasdiqlanib, tuman va shaharlarning ixtisoslashuviga mos kompleks rivojlantirish vazifalari qo‘yilgan [2]. Mazkur huquqiy yondashuv hududiy investitsiya siyosatini yagona mezon bilan emas, hududning real iqtisodiy holati va natija yaratish imkoniyati bilan uyg‘un baholash zarurligini kuchaytiradi.

References

Published

2026-09-25