INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA MAQSADLI PROMPTLARDAN DIDAKTIK VOSITA SIFATIDA FOYDALANISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Raqamli pedagogika, informatika o‘qitish metodikasi, maqsadli prompt, prompt muhandisligi, generativ sun‘iy intellekt, kognitiv yuklama, algoritmik fikrlash.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda generativ sun’iy intellekt tizimlaridan ta‘lim jarayonida foydalanishning yangi bosqichi – maqsadli prompt muhandisligi (Targeted Prompting) didaktik vosita sifatida tahlil qilingan. Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari darslarida sun‘iy intellekt (SI) modellarining tayyor javoblaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarda kognitiv passivlikni keltirib chiqarmoqda. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tadqiqotda Bloom taksonomiyasi va Sokratik muloqot prinsiplariga asoslangan, o‘quvchilarning mantiqiy va algoritmlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi maqsadli prompt shablonlari tizimi ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlari natijasida maqsadli promptlardan didaktik qurol sifatida foydalanish o‘quvchilarning mustaqil masala yechish samaradorligini va kognitiv faolligini oshirishi asoslab berildi.