YUQORI QO‘L SOHASIDAGI TUNNEL NEYROPATIYALARIDA KLINIK-NEVROLOGIK O‘ZGARISHLAR VA ERTA TASHXISLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Authors

  • Abdukodirov Eldor Isroilovich., Author
  • Mirazikova Farzona Yuldashevna., Author
  • Toshmurodov Sukhrobjon Musurmon ugli. Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: tunnel neyropatiya, yuqori qo‘l, periferik nervlar, karpal tunnel sindromi, elektroneyromiografiya, diagnostika, nevrologiya.

Abstract

Annotatsiya Yuqori qo‘l tunnel neyropatiyalari periferik nerv tizimining eng ko‘p uchraydigan kasalliklaridan biri bo‘lib, bemorlarning mehnat qobiliyatini pasaytirishi, surunkali og‘riq sindromi va funksional cheklanishlarga olib kelishi bilan ahamiyatlidir. Mazkur tezisda yuqori qo‘l tunnel neyropatiyalarining klinik-nevrologik xususiyatlari, etiopatogenetik omillari hamda zamonaviy tashxislash usullarining samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida klinik, nevrologik va instrumental tekshiruvlar asosida bemorlarda sezuvchanlik buzilishlari, mushak kuchsizligi hamda paresteziyalar darajasi baholandi. Elektroneyromiografiya va ultratovush tekshiruvi tunnel neyropatiyalarini erta aniqlashda yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar kasallikni erta tashxislash va kompleks davolash choralarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

References

Published

2026-05-13