OLMA MEVALI BOG‘LARDA TARQALGAN FITOFAG KANALARNING DOMINANTLIK DARAJASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: urug‘ mevali bog‘lar, fitofag kanalar, dominantlik darajasi, olma qizil kanasi, oddiy o‘rgimchakkana, barglarning zararlanishi, biotsenoz, iqlim omillari, yirtqich kanalar, integratsiyalashgan himoya (IPM).Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada 2021–2022 yillarda Toshkent va Surxondaryo viloyatlari sharoitida urug‘ mevali (olma, nok, behi) bog‘larda tarqalgan fitofag kanalarning tur tarkibi, tarqalish qonuniyatlari va biotsenozdagi dominantlik darajasi baholangan. Tadqiqotlar davomida Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi (30,4%), Sariosiyo (26,6%), Uzun (23,7%) va Denov (19,2%) tumanlaridagi fitofag kanalarning umumiy tarqalishi aniqlanib, iqlim omillarining populyatsiya zichligiga ta’siri asoslab berilgan. Natijalarga ko‘ra, olma bog‘larida Oddiy o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae, 42,4%) va Olma qizil kanasi (Panonychus ulmi, 39,2%) mutloq dominant turlar ekanligi qayd etildi. Nok bog‘larida Kulrang meva kanasi (Bryobia redikorzevi, 36,5%) va Olma qizil kanasi (29,4%), behida esa Oddiy o‘rgimchakkana (39,3%) yetakchilik qiladi. Fitofag kanallarning ozuqa manbaiga ixtisoslashuvi va ularning ommaviy sorishi natijasida barglarda fotosintez jarayonining buzilishi, hosildorlik susayishi hamda daraxtlarning sovuqqa chidamliligi pasayishining ekologik-fiziologik oqibatlari tahlil qilingan. Shuningdek, zararkunandalar populyatsiyasini biologik nazorat qilishda yirtqich kanalar (Amblyseius andersoni, Amblyseius californicus) rolining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.