UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTAB OʻQUVCHILARIGA "REYNOLDS SONI VA UNING AMALIY TADBIQI"NI INNOVATSION TUSHUNTIRISH METODIKASI

Authors

  • Zoirova L.X Author
  • Donayeva I.H. Author

Abstract

Zamonaviy fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilariga fundamental fizik tushunchalarni chuqur va amaliy jihatdan tushuntirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, gidrodinamika va aerodinamika kabi sohalarda muhim oʻrin tutadigan Reynolds soni tushunchasi nafaqat nazariy bilim, balki muhandislik va texnologik jarayonlarni tushunish uchun ham asosiy vosita hisoblanadi. Ushbu tushuncha suyuqlik va gazlarning harakatini, xususan, laminar va turbulent oqimlar oʻrtasidagi oʻtishni tavsiflovchi mezon boʻlib xizmat qiladi. U suyuqlikning inersiya kuchlari va ichki ishqalanish kuchlari oʻrtasidagi murakkab munosabatni aniq belgilaydi, bu esa turli suyuqlik va gazlarning statsionar oqimlari uchun muhim oʻxshashlik mezonidir.

References

Published

2026-05-20