PUL O‘TKAZMALARI BO‘YICHA BANK XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • A.Yuldashev Author
  • Abduqaxxorov Samandar Abduqodir o’g’li Author

Abstract

Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida bank tizimining rivojlanishi mamlakat iqtisodiy barqarorligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, pul o‘tkazmalari xizmatlari aholiga qulay, tezkor va xavfsiz moliyaviy xizmatlarni taqdim etishda muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda dunyo moliya tizimida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida elektron to‘lovlar, mobil banking va internet banking xizmatlari keng ommalashdi. O‘zbekistonda ham bank tizimini modernizatsiya qilish, naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish hamda aholi uchun masofaviy xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tijorat banklari tomonidan mobil ilovalar orqali karta-to-karta pul o‘tkazmalari, xalqaro pul jo‘natmalari va elektron to‘lov tizimlari joriy etildi. Pul o‘tkazmalari bo‘yicha bank xizmatlarini takomillashtirish aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda iqtisodiyotda pul aylanishini tezlashtirishga xizmat qiladi. Shu sababli mazkur mavzu bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

References

Published

2026-05-20