OG‘IZ BO‘SHLIG‘I LEYKOPLAKIYASIDA KOMBINATSIYALANGAN MINIMAL INVAZIV TERAPIYANING KLINIK VA IMMUNOLOGIK SAMARADORLIGI

Authors

  • Babayeva Nigora Muxitdinovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: leykoplakiya, ozonoterapiya, fotodinamik terapiya, og‘iz bo‘shlig‘i, immunologik ko‘rsatkichlar, displaziya, regeneratsiya.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu tadqiqot og‘iz bo‘shlig‘i leykoplakiyasini davolashda zamonaviy kombinatsiyalangan terapiya usullarining samaradorligini baholashga bag‘ishlandi. Tadqiqotda 2022–2024 yillar davomida 120 nafar bemor ishtirok etdi. Bemorlar uch guruhga ajratilib, nazorat guruhida standart davolash, ikkinchi guruhda ozonoterapiya, uchinchi guruhda esa ozonoterapiya va fotodinamik terapiya kombinatsiyasi qo‘llanildi. Tadqiqot davomida klinik, immunologik va morfologik ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, kombinatsiyalangan terapiya qo‘llangan bemorlarda lezyonlarning regressiyasi tezlashgani, yallig‘lanish mediatorlari kamaygani va epitelial regeneratsiya yaxshilangani aniqlandi. 6 oylik kuzatuvda qaytalanish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada pasaydi. Olingan natijalar mazkur usulning stomatologik amaliyotda samarali va istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-05-22