SPASTIK SEREBRAL FALAJLI BOLALARDA NEYROINFLAMATSION MEDIATORLARNING MOTOR VA KOGNITIV BUZILISHLAR BILAN BOG‘LIQLIGI

Authors

  • Azizova Rano Bahodirovna Author
  • Rakhimova Shakhnozaxon Komiljon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: spastik serebral falaj, neyroinflamatsiya, xemokinlar, MCP-1, RANTES, IP-10, motor buzilishlar, biomarkerlar, pediatriya.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu ilmiy tadqiqot spastik serebral falajli (SSF) bolalarda neyroinflamatsion mediatorlarning klinik-funksional buzilishlar bilan o‘zaro bog‘liqligini baholashga bag‘ishlandi. Tadqiqot davomida 40 nafar SSF tashxisi qo‘yilgan bolalarda qon zardobidagi MCP-1, RANTES, MIP-1α, MIP-1β va IP-10 xemokinlari darajasi o‘rganildi. Bemorlarning motor faoliyati GMFCS, qo‘l funksiyasi MACS va kommunikativ holati CFCS shkalalari asosida baholandi. Natijalar og‘ir klinik shakllarda proyallig‘lanish mediatorlari sezilarli darajada oshganligini ko‘rsatdi. MCP-1 ning yuqori darajasi motor funksiyalarining keskin buzilishi bilan, IP-10 esa kognitiv va kommunikativ disfunksiya bilan kuchli bog‘liqlik namoyon etdi. ROC-tahlil MCP-1 biomarkerining yuqori diagnostik ahamiyatini tasdiqladi. Tadqiqot natijalari neyroinflamatsion jarayonlarning SSF patogenezidagi muhim rolini ko‘rsatib, ushbu mediatorlardan prognostik biomarker sifatida foydalanish imkoniyatlarini ochib berdi.

References

Published

2026-05-22