HUDUDLARNING INNOVATSION SALOHIYATINI OSHIRUVCHI KO‘RSATKICHLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: hududiy innovatsion salohiyat, innovatsion tizim, texnopark, innovatsion klaster, inson kapitali, raqamli infratuzilma, ilmiy-tadqiqot faoliyati, R&D, innovatsion siyosat, raqobatbardoshlik, STEM ta’limi, iqtisodiy rivojlanish, texnologik rivojlanish, institutsional muhit, raqamli iqtisodiyot.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada hududlarning innovatsion salohiyatini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda innovatsion salohiyatning ilm-fan va tadqiqot faoliyati, inson kapitali, texnologik infratuzilma, raqamlashtirish darajasi, moliyaviy resurslar hamda institutsional muhit bilan uzviy bog‘liqligi ochib berilgan. Shuningdek, hududiy innovatsion tizimlar, texnoparklar, innovatsion klasterlar va raqamli infratuzilmaning innovatsion rivojlanishdagi o‘rni xalqaro tajriba asosida yoritilgan. O‘zbekiston hududlari kesimida mavjud innovatsion tafovutlar tahlil qilinib, innovatsion salohiyatni oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari hududiy innovatsion siyosatni takomillashtirish hamda milliy innovatsion tizim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.