BUDJET TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITALAR INVENTARIZATSIYASI VA ULARNING SAQLANISHINI NAZORAT QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar davlat mulkining muhim qismi boʻlib, ularni toʻġri hisobga olish, inventarizatsiya qilish va saqlanishini nazorat qilish davlat moliyasini boshqarishning asosiy yoʻlnalishlaridan biri hisoblanadi. Asosiy vositalar tarkibiga binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, transport vositalari hamda boshqa uzoq muddat foydalaniladigan moddiy boyliklar kiradi. Bugungi kunda budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish va ularning saqlanishini nazorat qilish tizimida bir qator tizimli muammolar mavjud boʻlib, ushbu muammolarni hal etish davlat mulkini samarali boshqarish, moliyaviy intizomni mustahkamlash va byudjet mablağlaridan oqilona foydalanish nuqtai nazaridan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.