BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILISH FAOLLIGINI OSHIRISHDA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Authors

  • Zulfiqorov Valijon Muzaffar ogʻli Author
  • Yakubova Nasiba Bahramovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: geymifikatsiya, dopamin tizimi, boshlang‘ich sinf, kognitiv faollik, ichki motivatsiya, o‘yin mexanikalari, ta’lim psixologiyasi, o‘zlashtirish darajasi

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining murakkab fanlarni o‘zlashtirishida geymifikatsiya (o‘yinlashtirish) texnologiyasining psixologik ta’siri va ahamiyati tahlil qilingan. Geymifikatsiyaning ochkolar, reytinglar, statuslar va murakkab missiyalar kabi o‘yin elementlari o‘quvchilarning ichki va tashqi motivatsiyasini shakllantirish, kognitiv yuklamani boshqarish va neyrobiologik darajada dopamin tizimini faollashtirish mexanizmlari kognitiv psixologiya prizmasi orqali yoritilgan. Tadqiqot doirasida o‘yin mexanikalarining bilish jarayonlari (diqqat, xotira, tafakkur) va akademik samoradorlikka ta’siri eksperimental hamda nazariy jihatdan o‘rganilgan bo‘lib, maktab amaliyotida raqamli va an’anaviy o‘yinlashtirish tizimlarini loyihalash bo‘yicha psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

References

Published

2026-05-25