TABAQALASHTRILGAN TO'LOV TIZIMI FOYDALANUVCHILARI JAMOAT TRANSPORTIGA O'TISHI HAMDA ULARNI YO'NALISHLI TAKSI FOYDALANUVCHISI SIFATIDA ATROF MUHITIGA KO'RSATAYOTGAN TA'SIRI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: tabaqalashtrilgan to'lov tizimi, jamoat transporti, yo'nalishli taksi, monopoliya, narx shakllanishi, ekologik ta'sir, Keywords: stratified payment system, public transport, route taxi, monopoly, price formation, environmental impactAbstract
Ushbu tadqiqotda tabaqalashtrilgan to'lov tizimi foydalanuvchilarining jamoat transportiga o'tish jarayoni va ularning yo'nalishli taksi xizmatidan foydalanish orqali atrof-muhitga ko'rsatayotgan iqtisodiy hamda ekologik ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda asosiy e'tibor to'lov tizimining tabaqalashuvi natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy motivatsiyalar, transport xizmatlaridagi narx shakllanishi va monopoliyalarning ushbu sohadagi roliga qaratiladi. Xususan, yo'nalishli taksi xizmatlarida monopoliyalashuvning narx siyosatiga ta'siri va bu orqali aholining transport tanloviga ta'siri o'rganiladi. Tabaqalashtrilgan to'lov tizimi natijasida aholining ayrim qatlamlari jamoat transportiga o'tishga majbur bo'lishi, bu esa atrof-muhitga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Tadqiqotda ushbu jarayonlarning iqtisodiy asoslari, narx shakllanishidagi monopolistik omillar va ekologik natijalari chuqur tahlil qilinadi.[1]
This research analyzes the transition of stratified payment system users to public transport and their environmental impact as route taxi users. The study focuses on the economic motivations arising from payment stratification, price formation in transport services, and the role of monopolies in this sector. Special attention is given to how monopoly in route taxi services affects pricing policies and, consequently, the population's transport choices. The research deeply examines the economic foundations, monopolistic factors in price formation, and the environmental consequences of these processes.