PAXTA CHANGINING DISPERS TARKIBI VA FIZIK XOSSALARINING CHANG TUTGICH TANLASHGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: paxta changi, dispers tarkib, zarracha o‘lchami, zichlik, chang tutgich, fraksiyalarga ajratish.Abstract
Annotatsiya. Maqolada paxta changining dispers tarkibi va fizik xossalari – zarrachalar o‘lchami va shakli, zichligi hamda ko‘tarilish tezligining chang tutgich tanlashga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra, pnevmotransportda ajraladigan changning 35 % i 50 mkm dan kichik zarrachalardan iborat, mineral va organik tashkil etuvchilarning zichligi (1930 va 715 kg/m³) hamda tolali fraksiyaning ko‘tarilish tezligi esa sezilarli farq qiladi. Bu farqlar changni fraksiyalarga ajratib tozalash va tolali materialni qayta ishlatish uchun fizik asos bo‘lishi ko‘rsatildi.
References
1. Abdullayev Sh.Y. Changli havoni tozalash uskunasini takomillashtirish: monografiya. – Termiz: TDMAU, 2025.
2. Abbazov I. Paxtani qayta ishlash jarayonidan chiqayotgan havoni tozalashning samarali texnologiyasini yaratish: diss. – Toshkent, 2021. – 120 b.