MILLIY KURASHNING YOSHLAR MA’NAVIYATI VA JISMONIY TARBIYASINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: milliy kurash, yoshlar, ma’naviyat, jismoniy tarbiya, milliy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi, vatanparvarlik, mardlik, halollik, sport tarbiyasi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek milliy kurashining yoshlar ma’naviyati va jismoniy tarbiyasini rivojlantirishdagi o‘rni hamda ahamiyati yoritilgan. Milliy kurashning yosh avlodni sog‘lom, jismonan baquvvat, ma’nan yetuk va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, kurash sporti orqali yoshlarda mardlik, halollik, sabr-toqat, intizom, raqibga hurmat va iroda kabi fazilatlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Milliy kurashning jismoniy sifatlarni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishdagi o‘rni ochib berilgan. Maqolada kurash mashg‘ulotlarini ta’lim-tarbiya jarayoni bilan uyg‘unlashtirish hamda yoshlarni milliy sportga keng jalb etish bo‘yicha fikr va tavsiyalar bayon etilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. 2015-yil 4-sentabr, O‘RQ-394-son.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2017-yil 2-oktabr, PQ-3306-son.
3. Kerimov F. A. Sport kurashi nazariyasi va uslubiyati. — Toshkent: O‘zDJTI nashriyoti.
4. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh. X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. — Toshkent: O‘zDJTI nashriyoti, 2005.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 2020-yil 24-yanvar, PF-5924-son.
6. Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi. Kurashning xalqaro qoidalari va musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha nizomlar. — Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi rasmiy materiallari.