QON VA SPERMA DOG‘LARINI ANIQLASHDA TASHUVCHI OBYEKTLARNING (MATO, YOG‘OCH, METALL) FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARINING TA’SIRI

Authors

  • O’rnashova G.O’. Author

Abstract

Dolzarbligi: Sud-tibbiy ekspertiza amaliyotida biologik suyuqliklarni – ayniqsa qon va spermani – jinoyat joyidan aniqlash va identifikatsiya qilish jarayonida ko'plab omillar natija samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Biologik materiallarning tashuvchi sirtlarga (to'qima, teri va boshqa materiallar) joylashgan vaqti hamda tashuvchi obyektning o'ziga xos fizik-kimyoviy xususiyatlari ekspertiza natijalarining ishonchliligiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Hozirgi kunda lateral oqim immunoxromatografik (LFI) testlari biologik dalillarni tez va yuqori aniqlikda aniqlash uchun keng qo'llanilmoqda, chunki ular antigen-antitelo birikish reaktsiyalariga asoslangan bo'lib, har bir biologik suyuqlikka xos bo'lgan noyob oqsillarni aniqlay oladi. Jinoyat holatlarining ko'pchiligida qon va sperma eng ko'p uchraydigan biologik dalillar hisoblanadi va ularni to'g'ri identifikatsiya qilish jinoyatchi shaxsini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biroq, turli xil mato turlari – denim, paxta, sun'iy va tabiiy teri – biologik suyuqliklarni o'ziga singdirish, saqlash va keyinchalik ularni ajratib olish jarayoniga har xil ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bundan tashqari, biologik materialning tashuvchi yuzada qolgan vaqti ham muhim omil bo'lib, ayrim hollarda ekspertizalarni tayinlash o’rtasida ancha vaqt o’tadi, jinoyat sodir etilgandan ancha vaqt o’tgach ashyoviy dalillarni olishga to’g’ri keladi.  Qon uchun immunoxromatografik testlar insonning gemoglobin oqsiliga qarshi ishlab chiqarilgan monokonal antikorlar asosida ishlaydi va 20 ng/mL gacha past konsentratsiyalarni aniqlash qobiliyatiga ega. Sperma identifikatsiyasi uchun prostata-spetsifik antigen (PSA) va semenogelin oqsillariga asoslangan testlar ishlatiladi, ularning sezgirligi 0.5-2 ng/mL oralig'ida. Ushbu testlarning afzalligi shundaki, ular namunani yo'q qilmaydi va keyinchalik DNK profilini olish imkonini beradi. Shu sababli, turli vaqt oralig'ida va har xil tashuvchi materiallarda biologik dalillarni aniqlash samaradorligini baholash zarurati tug'ildi.

References

Published

2026-11-18

How to Cite

O’rnashova G.O’. (2026). QON VA SPERMA DOG‘LARINI ANIQLASHDA TASHUVCHI OBYEKTLARNING (MATO, YOG‘OCH, METALL) FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARINING TA’SIRI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 61(1), 68-70. http://conferns.com/index.php/trt/article/view/5164