IMMIGRATSIYALI TARMOQLANISH JARAYONI UCHUN LIMIT TEOREMA

Authors

  • Ergasheva Nurshodaxon Shuhratbek qizi Author

Keywords:

ehtimollar nazariyasi, tarmoqlanish jarayoni, Galton–Vatson jarayoni, immigratsiya, limit teorema, matematik kutilma, dispersiya, generatsiyalovchi funksiya, limit taqsimot

Abstract

Mazkur tezisda ehtimollar nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan immigratsiyali tarmoqlanish jarayonlari va ular uchun limit teorema o‘rganiladi. Immigratsiyali tarmoqlanish jarayoni klassik Galton–Vatson tarmoqlanish jarayonining umumlashmasi bo‘lib, bunda har bir avlodning ko‘payish jarayoniga tashqi muhitdan yangi individlarning qo‘shilishi, ya’ni immigratsiya hodisasi ham hisobga olinadi. Ishda jarayonning matematik modeli, matematik kutilmasi va dispersiyasi, generatsiyalovchi funksiyasi hamda uzoq muddatli xatti-harakati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, immigratsiya mavjud bo‘lgan holatda normallashtirilgan jarayon uchun limit taqsimotining shakllanishi va unga ta’sir qiluvchi asosiy shartlar bayon etiladi

Author Biography

  • Ergasheva Nurshodaxon Shuhratbek qizi

    Andijon viloyati Oltinko'l tumani 1-umumta’lim maktabi matematika fani o'qituvchisi.

References

Published

2026-09-28