ERTA YOSHDAGI BOLALARDA OPERATSIYADAN KEYINGI ALAHSIRASH VA UNING OLDINI OLISHDA DEXMEDETOMIDINNING O‘RNI
Keywords:
Erta yoshdagi bolalarda operatsiyadan keyingi alahsirashning oldini olishda dexmedetomidinning samaradorligi va xavfsizligini baholash, shuningdek uning uyg‘onish davri va og‘riq sindromiga ta’sirini aniqlash.Abstract
Erta yoshdagi bolalarda umumiy anesteziyadan uyg‘onish davrida kuzatiladigan operatsiyadan keyingi alahsirash bezovtalik, yig‘lash, maqsadsiz harakatlar, atrofdagilar bilan muloqotning buzilishi va ongning vaqtincha chalkashishi bilan namoyon bo‘lib, bolaning xavfsizligi va operatsiyadan keyingi davr kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu holatning rivojlanishida bolaning kichik yoshi, operatsiyadan oldingi qo‘rquv, inhalatsion anesteziklardan foydalanish, og‘riq va jarrohlik amaliyotining turi muhim ahamiyatga ega. Dexmedetomidin markaziy α2-adrenoretseptorlarni rag‘batlantiruvchi dori vositasi bo‘lib, tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega. U nafas olish faoliyatini keskin susaytirmasdan, bolaning uyg‘onish davrini boshqarish va operatsiyadan keyingi bezovtalikni kamaytirish imkonini beradi. Tadqiqotlarda dexmedetomidinning operatsiyadan keyingi alahsirash chastotasini hamda qo‘shimcha og‘riq qoldiruvchi vositalarga ehtiyojni kamaytirishi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, preparatni qo‘llashda doza va yuborish vaqtini to‘g‘ri tanlash muhim bo‘lib, bradikardiya, arterial gipotenziya va ortiqcha uyquchanlik kabi nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi mumkin. Shuning uchun erta yoshdagi bolalarda dexmedetomidinning samaradorligi va xavfsizligini baholash, ayniqsa operatsiyadan keyingi alahsirashning oldini olishdagi o‘rnini aniqlash anesteziologiya va reanimatologiyaning dolzarb masalalaridan biridir.