PROSTATA HAJMI VA PASTKI SIYDIK YO‘LLARI SIMPTOMLARI OG‘IRLIK DARAJASI O‘RTASIDAGI KORRELYATSIYA
Keywords:
Prostata bezining yaxshi sifatli giperplaziyasi bilan og‘rigan bemorlarda prostata hajmi va pastki siydik yo‘llari simptomlarining og‘irlik darajasi o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlikni aniqlash, prostata hajmining siyish funksiyasiga ta’sirini klinik va funksional ko‘rsatkichlar asosida baholash hamda simptomlar og‘irligini belgilovchi asosiy omillarni aniqlash.Abstract
Prostata bezining yaxshi sifatli giperplaziyasi erkaklarda pastki siydik yo‘llari simptomlarining asosiy sabablaridan biri bo‘lib, uning klinik ahamiyati bemorning hayot sifatini pasaytirishi, siydik chiqarishning buzilishi va kasallikning uzoq muddatli asoratlari bilan belgilanadi. Prostata bezining kattalashishi siydik chiqarish kanalining prostata qismiga mexanik bosimni kuchaytirib, infravezikal qarshilikning ortishiga olib keladi. Natijada siydik oqimining susayishi, siyishni boshlashning qiyinlashishi, siyish vaqtida zo‘riqish, siyishdan keyin siydik pufagining to‘liq bo‘shamaganlik hissi kabi simptomlar shakllanadi. Biroq prostata hajmining ortishi bilan pastki siydik yo‘llari simptomlarining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik doimo to‘g‘ri chiziqli emas. Ayrim bemorlarda prostata hajmi sezilarli darajada kattalashgan bo‘lsa-da, klinik simptomlar nisbatan kam ifodalangan bo‘lishi mumkin. Aksincha, prostata hajmi uncha katta bo‘lmagan bemorlarda ham yaqqol siyish buzilishlari kuzatiladi. Bunday tafovut prostata bezining umumiy hajmidan tashqari, o‘tish zonasi hajmi, prostata bezining siydik pufagiga bo‘rtib kirishi, siydik chiqarish kanalidagi qarshilik hamda siydik pufagi mushagining funksional holati bilan bog‘liq. Shu sababli prostata hajmi bilan pastki siydik yo‘llari simptomlarining og‘irligi o‘rtasidagi korrelyatsiyani aniqlash prostata bezining yaxshi sifatli giperplaziyasini klinik baholashda muhim ahamiyatga ega.