INGLIZ TILI TA’SIRIDA O‘ZBEK TILIDA VUJUDGA KELAYOTGAN LINGVISTIK INTERFERENSIYA HODISASI

Authors

  • Raxmonova Zebunisso Anvarjon qizi Author

Keywords:

lingvistik interferensiya, ingliz tilining ta’siri, o‘zbek tili, kalkalash, gibrid nutq, ikki tillilik, podkast izohlari.

Abstract

Maqolada ingliz tilining o‘zbek tiliga ta’siri natijasida yuzaga kelayotgan lingvistik interferensiya hodisasi YouTube platformasidagi “Ad Astra” podkasti ostida qoldirilgan foydalanuvchi izohlari misolida tahlil qilingan. Sifat tahlili asosida o‘zbekcha izohlardagi sintaktik, semantik, leksik va pragmatik o‘zgarishlar aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilini yaxshi biladigan yoshlar nutqida inglizcha iboralarning so‘zma-so‘z kalkasi, o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan gap qurilishi hamda moslashtirilmagan inglizcha leksikaga o‘zbekcha qo‘shimchalar qo‘shib qo‘llash holatlari uchramoqda. Muallif bu jarayonni raqamli muloqot sharoitida ingliz tili ta’siridagi yangi gibrid sotsiolekt shakllanayotganining belgisi sifatida baholaydi va bunday hodisalarni muntazam kuzatib borish, ularni me’yoriy lug‘at hamda grammatikada hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi.

References

Published

2026-10-04

How to Cite

INGLIZ TILI TA’SIRIDA O‘ZBEK TILIDA VUJUDGA KELAYOTGAN LINGVISTIK INTERFERENSIYA HODISASI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 12(1), 63-71. http://conferns.com/index.php/ztf/article/view/3867