EKSPERIMENTAL METABOLIK SINDROMDA Α-SMA EKSPRESSIYASI VA OYOQ ARTERIYALARI SILLIQ MUSHAK KOMPONENTINING REMODELLANISHI
Keywords:
metabolik sindrom, oyoq arteriyalari, α-SMA, silliq mushak hujayralari, immunogistokimyo, arterial remodellanish, media, kollagen, elastik tolalar.Abstract
Tadqiqot eksperimental metabolik sindrom sharoitida oyoq arteriyalari o‘rta qavatidagi silliq mushak hujayralarining immunogistokimyoviy qayta qurilishini α-SMA ekspressiyasi asosida baholashga bag‘ishlangan. 90 ta jinsiy voyaga yetgan oq erkak laboratoriya kalamushlarida yuqori kaloriyali parhez va 10% li fruktoza eritmasi yordamida metabolik sindrom 30, 60 va 90 kun davomida modellashtirildi. α-SMA ekspressiyasi nazorat guruhidagi 68,40% dan 30-kunda 76,80% gacha, 60-kunda 89,56% gacha oshdi va 90-kunda 85,42% darajasida saqlanib qoldi. Ekspressiyaning kuchayishi o‘rta qavat silliq mushak hujayralarining funksional faollashuvi va gipertrofiyasi bilan birga kechdi. 90-kunda immunoreaksiyaning notekisligi va ayrim sohalarda intensivlikning pasayishi kollagen tolalarining ko‘payishi hamda hujayradan tashqari matriksning chuqur qayta tuzilishi bilan mos keladi. Korrelyatsion tahlil α-SMA ekspressiyasining media qalinligi, silliq mushak hujayralari qatlamlari soni, hujayra zichligi va kollagen tolalari hajmiy ulushi bilan kuchli ijobiy, elastik tolalar miqdori bilan esa kuchli salbiy bog‘liqligini ko‘rsatdi. Natijalar silliq mushak komponentining faollashuvi metabolik sindromda periferik arteriyalarning progressiv strukturaviy remodellanishida muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.