AVTOBIOGRAFIK XOTIRA VA MAKON: PEYAMI SAFANING “TO‘QQIZINCHI JARROHLIK PALATASI” ROMANI MISOLIDA
Keywords:
avtobiografik xotira, shaxsiy xotira, makon, makon xotirasi, genius loci, ruhiy holat, Peyami Safa, “To‘qqizinchi jarrohlik palatasi”.Abstract
Maqolada shaxsiy (avtobiografik) xotira va makon o‘rtasidagi munosabat badiiy matn misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda xotiraning psixologik va falsafiy talqinlari, xususan, A. Bergsonning “tana xotirasi” va “o‘tmish xotirasi” haqidagi qarashlari, P. Konnertonning shaxsiy xotira ta’rifi, G. Bashlyarning makon fenomenologiyasi va A. Rossining genius loci tushunchasi umumlashtiriladi. Amaliy qismda turk adibi Peyami Safaning avtobiografik xarakterdagi “To‘qqizinchi jarrohlik palatasi” romani o‘rganilib, kasalxona, uy, ko‘shk va fakultet makonlari muallifning shaxsiy xotirasida qanday ruhiy holatlar bilan bog‘langani ko‘rsatiladi. Xulosada makon shaxsiy xotiraning tayanch nuqtasi va qahramon ruhiyatini belgilovchi omil ekani, shuningdek, makonning o‘zi ham xotiraga ega bo‘lishi asoslab beriladi.