SURUNKALI STRESS TA’SIRIDA TUG‘ILGAN AVLODNING TIMUSI VA TALOQ MORFOLOGIYASI

Authors

  • Normuradov A.D. Author
  • Axmedova S.M. Author

Keywords:

Ushbu maqsadga erishish uchun vazni 160–180 gramm bo‘lgan 30 ta oq laboratoriya kalamushi va ulardan tug‘ilgan 90 ta avloddan foydalanildi. Oq laboratoriya kalamushlari 2 guruhga ajratildi: 1-guruh nazorat guruhi 15ta va 2-guruh tajriba guruhi 15 ta homilador kalamush.

Abstract

3-kuni gistologik preparatda biriktiruvchi to‘qima to‘siqlarining kuchli yupqalashishi tufayli parenxima bo‘lakchalari orasidagi chegaralar juda sust ifodalangan. Shu bilan birga, ko‘plab joylarda limfoid hujayralar bir tekis taqsimlangan. Biroq, timotsitlarda sezilarli degenerativ o‘zgarishlar kuzatiladigan yaxlit sohalar ham mavjud. 7-kuni ko‘plab retikuloepitelial hujayralar degeneratsiyaga uchraydi va ularning o‘rnida kichik, kistaga o‘xshash bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Limfotsitlarning retikulyar hujayralarga “yopishib qolishi” holatlari ham kuzatilgan. Gassal tanachalari tajriba guruhidagi kalamushlarda nazorat hayvonlariga qaraganda ko‘proq uchraydi. Ularning kichiklari cho‘zinchoq yadroli, konsentrik joylashgan yassilashgan retikuloepitelial hujayralar bilan o‘ralgan, markazi bo‘sh plastinkaga ega.

References

Published

2026-10-19

How to Cite

SURUNKALI STRESS TA’SIRIDA TUG‘ILGAN AVLODNING TIMUSI VA TALOQ MORFOLOGIYASI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 12(1), 432-433. http://conferns.com/index.php/ztf/article/view/4619