“TURKISTON JADIDCHILIGIDA DINIY-MAISHIY MAROSIMLAR VA URF-ODATLARNING IJTIMOIY-ANTROPOLOGIK TALQINI (SAMARQAND MAKTABI MISOLIDA)”

Authors

  • Inoyatov Elmurod Yaqubboy o’g’li Author

Keywords:

Samarqand jadidchilik maktabi, ijtimoiy antropologiya, etnologiya, diniy-maishiy marosimlar, urf-odatlar, Mahmudxoʻja Behbudiy, kollektiv xotira, ratsionalizatsiya, madaniyat transformatsiyasi

Abstract

Ushbu maqolada XX asr boshlarida Turkiston, xususan Samarqand jadidchilik maktabi vakillari (M.Behbudiy, H.Muin, S.Ajziy, S.Alizoda va b.) ilmiy-publitsistik va badiiy merosida diniy-maishiy marosimlar hamda urf-odatlarga berilgan baho ijtimoiy-antropologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tadqiqotda toʻy, taʼziya va mavlid kabi maishiy marosimlardagi dabdababozlik va isrofgarchilikning jamiyat iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmasi hamda tabaqalanishiga taʼsiri ochib berilgan. Jadidlarning marosimlarni soddalashtirish, ratsionalizatsiyalash hamda maishiy madaniyatni modernizatsiyalash borasidagi gʻoyalari jamiyatning ijtimoiy-institutsional strukturasini isloh qilishga qaratilgan amaliy-antropologik dastur sifatida baholangan. Shuningdek, jadidlar merosining zamonaviy Oʻzbekiston jamiyatida oilaviy marosimlarni tartibga solish va milliy oʻzlikni anglashdagi ilmiy-amaliy ahamiyati koʻrsatib oʻtilgan.

References

Published

2026-10-21

How to Cite

“TURKISTON JADIDCHILIGIDA DINIY-MAISHIY MAROSIMLAR VA URF-ODATLARNING IJTIMOIY-ANTROPOLOGIK TALQINI (SAMARQAND MAKTABI MISOLIDA)”. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 12(1), 481-491. http://conferns.com/index.php/ztf/article/view/4640