MILLIY GVARDIYANING JAMOAT JOYLARIDAGI FAOLIYATINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI

Authors

  • Rajabov Murod Author

Keywords:

Milliy gvardiya, jamoat joyi, jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi, xavfsiz muhit, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ommaviy tadbir, patrullik faoliyati, inson huquqlari, idoralararo hamkorlik, raqamlashtirish.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining jamoat joylaridagi faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari kompleks tadqiq etiladi. Jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi va jamoat joyi kategoriyalarining yuridik mazmuni hamda ularning o‘zaro nisbati ochib berilib, Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Milliy gvardiya faoliyatining konstitutsiyaviy va qonunchilik asoslari, jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda boshqa vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qilishga oid vakolatlarining mazmuni yoritiladi. Shuningdek, jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlashning zamonaviy tashkiliy-huquqiy modeli, raqamli texnologiyalardan foydalanishning huquqiy chegaralari va xorijiy tajribaning ayrim jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot yakunida “Milliy gvardiyaning jamoat joylaridagi faoliyati” tushunchasiga mualliflik ta’rifi ishlab chiqilib, mazkur sohadagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.

References

Published

2026-10-21

How to Cite

MILLIY GVARDIYANING JAMOAT JOYLARIDAGI FAOLIYATINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI. (2026). ZAMONAVIY TARAQQIYOT VA FAN: 21-ASR YONDASHUVLARI, 12(1), 539-554. http://conferns.com/index.php/ztf/article/view/4646