ANTONOMAZIYA VA PERIFRAZANING LISONIY-SEMANTIK DIFFERENSIAL BELGILARI: PROPRIALIZATSIYA HAMDA APELLATIVATSIYA BOSQICHLARI
Keywords:
Tadqiqot materiali sifatida o‘zbek va ingliz klassik hamda zamonaviy badiiy adabiyoti vakillarining (A. Navoiy, A. Qodiriy, O. Yoqubov hamda W. Shakespeare, C. Dickens, O. Henry) asarlaridan, shuningdek, publisistik va siyosiy diskurs materiallaridan tasodifiy kross-seksional tanlov yo‘li bilan ajratib olingan 160 dan ortiq antonomazik va perifrastik birliklar hamda kontekstual namunalar xizmat qildi.Abstract
Zamonaviy sematika, stilistika va kognitiv tilshunoslikda lisoniy birliklarning ma’no ko‘chish mexanizmlari, xususan, atoqli otlar (proprial qatlam) va turdosh otlar (appellativ qatlam) o‘rtasidagi semantik-funksional transformatsiyalarni tadqiq etish muhim o‘rin tutadi. Badiiy, publisistik hamda maishiy diskursda fikrni ekspressiv-obrazli, kognitiv-sig‘imdor va estetik ta’sirchan ifodalashning qudratli vositalaridan biri bu antonomaziya va perifrazadir.
Odatda uslubshunoslik va semantikada antonomaziya va perifraza o‘zaro yaqin troplar sifatida bir jinsli hodisa kabi talqin etilsa-da, ularning lisoniy-semantik tabiati, shakllanish yo‘nalishi hamda proprializatsiya (turdosh otning atoqli otga o‘tishi) va apellativatsiya (atoqli otning turdosh otga ko‘chishi) jarayonlaridagi kognitiv vektori keskin farq qiladi. Ushbu ikki stilistik va semantik hodisaning lisoniy-semantik differensial belgilarini va ularning lisoniy maqomini o‘zbek hamda ingliz tillari materiali asosida tizimli-chog‘ishtirma tadqiq etish tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir (Begmatov, 1998; Superanskaya, 1973; Galperin, 1981).