RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON AMALIYOTIDA UNDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Keywords:
raqamli transformatsiya, korporativ boshqaruv, raqamli korporativ boshqaruv, raqamli texnologiyalar, Big Data, sun’iy intellekt, elektron ovoz berish, aksiyadorlar ishtiroki, shaffoflik, hisobdorlik, raqamli platformalar, O‘zbekiston.Abstract
Mazkur tezisda raqamli transformatsiya sharoitida korporativ
boshqaruv tizimini takomillashtirishning xorijiy tajribasi va uni O‘zbekiston
amaliyotida qo‘llash imkoniyatlari tadqiq etilgan. Zamonaviy iqtisodiyotda
raqamli texnologiyalar korporativ boshqaruvning shaffofligi, hisobdorligi,
aksiyadorlar ishtiroki va boshqaruv qarorlarining tezkorligini oshirishning
muhim vositasiga aylanmoqda. Xususan, raqamli platformalar, elektron ovoz
berish, Big Data, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan
hisobot tizimlaridan foydalanish korporativ boshqaruv jarayonlarini yanada
samarali tashkil etish imkonini bermoqda. OECD tadqiqotlarida ham
raqamlashtirish korporativ axborotlarni oshkor qilish samaradorligini oshirish,
aksiyadorlarning masofaviy ishtirokini ta’minlash hamda raqamli xavfsizlikni
korporativ boshqaruv tizimiga integratsiya qilish uchun yangi imkoniyatlar
yaratishi qayd etilgan. Tezisda rivojlangan mamlakatlar tajribasi tahlil qilinib,
uni O‘zbekiston korxonalarining institutsional va iqtisodiy sharoitlariga
moslashtirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslangan.