SANOAT KORXONALARIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING XORIJIY TAJRIBASI VA IQTISODIY SAMARADORLIGI
Keywords:
sun’iy intellekt, sanoat korxonasi, iqtisodiy samaradorlik, xorijiy tajriba, bashoratli texnik xizmat ko‘rsatish, temir yo‘l transporti, investitsion baholash.Abstract
Maqolada sanoat korxonalarida, jumladan temir yo‘l
tarmog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning xorijiy tajribasi
tizimlashtirilgan va uning iqtisodiy samaradorligi qiyosiy baholangan.
Korxona va vazifa darajasidagi empirik tadqiqotlar, xalqaro hisobotlar hamda
Germaniya, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston temir yo‘l
kompaniyalari tajribasidan iborat 15 ta dalil birligi kodlangan. Eng ko‘p dalilga
ega yo‘nalish bo‘lgan bashoratli texnik xizmat ko‘rsatish uchun simulyatsion
model qurilgan va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ochiq ma’lumotlari asosida
sun’iy intellekt loyihasining kengaytirilgan investitsion bahosi berilgan.
Bashoratli strategiya uzel darajasidagi xarajatlarni optimal rejali strategiyaga
nisbatan 37,9 foizga kamaytirishi, an’anaviy sof joriy qiymat usuli esa loyiha
qiymatini taxminan uch barobar oshirib ko‘rsatishi aniqlangan.