KORXONA DAROMADLARINING TURLARI VA SHAKLLANISH MANBALARI
Abstract
Korxona daromadlari har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Daromad korxonaning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki savdo faoliyati natijasida oladigan iqtisodiy manfaatlarini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning moliyaviy barqarorligi, raqobatbardoshligi va rivojlanish istiqbollari bevosita uning daromadlarini shakllantirish darajasi bilan bog‘liq. Shu sababli korxona daromadlarining turlari va ularning shakllanish manbalarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxona daromadlari deganda hisobot davri davomida aktivlarning ko‘payishi yoki majburiyatlarning kamayishi natijasida korxona kapitalining ortishiga olib keluvchi iqtisodiy manfaatlarning kirib kelishi tushuniladi [1]. Daromadlar korxonaning kundalik faoliyati jarayonida shakllanadi va ular moliyaviy natijalarni aniqlashda asosiy manba hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlari hamda xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga ko‘ra daromadlar bir necha guruhlarga ajratiladi.
References
1. Tairova M.M.,Giyazova N.B., HamidovM.E. Korxona iqtisodiyoti. Uslubiy qo`llanma. Buxoro, 2016, bet.
2. Alijonov J. A., Ifora A. KORXONA IQTISODIYOTI TAHLILI VA BARQARORLASHTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI //ILM FAN XABARNOMASI. – 2026. – Т. 13. – №. 2. – С. 1992-1998.
3. Nurmirzayevich D. D. KORXONA VA TASHKILOTLAIDA MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISH //Modern education and development. – 2026. – Т. 45. – №. 2. – С. 99-104.