TIJORAT BANKLARINING PASSIV OPERATSIYALARI VA UNING TURLARI

Authors

  • Axmedov Muhammaddiyor Mo‘minjon o‘g‘li Author

Abstract

Tijorat banklarining faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – aktiv va passiv operatsiyalardir. Aktiv va passiv operatsiyalarni samarali boshqarish  banklar faoliyatida yuqori natijalarga erishish imkonini yaratib beradi. Bank resurslari esa passiv operatsiyalar orqali shakllanib boradi. Shu sababli, bank resurslarini shakllantirish, uning passiv hisob raqamlari yoki aktiv-passiv hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini koʻpaytirish bilan bogʻliq operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi[1].

Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish jarayonini takomillashtirish borasida bir qator dolzarb muammolar mavjud bo‘lib, ularni hal etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarur hisoblanadi. Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tijorat banklarining daromad bazasiga salbiy ta’siri ham ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi.


[1] Sh.Z.Abdullayeva – “Bank ishi” Toshkent: Iqtisod-moliya, 2017

References

1. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.

2. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2021.

3. Sh.Z.Abdullayeva – “Bank ishi” Toshkent: Iqtisod-moliya, 2017

4. Balabanov I.T. Banki i bankovskaya deyatelnost. – Sankt-Peterburg: Piter, 2015.

5. Mishkin F.S. The Economics of Money, Banking and Financial Markets. – Pearson Education, 2019.

Published

2026-06-01

How to Cite

Axmedov Muhammaddiyor Mo‘minjon o‘g‘li. (2026). TIJORAT BANKLARINING PASSIV OPERATSIYALARI VA UNING TURLARI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 55(1), 275-276. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/1024