ASOSIY VOSITALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Abstract
Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy resurslardan biri hisoblanadi. Ular tarkibiga bino va inshootlar, mashina va uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari hamda uzoq muddat foydalaniladigan boshqa moddiy aktivlar kiradi. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida korxonalarning raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligi ko‘p jihatdan asosiy vositalardan foydalanish samaradorligiga bog‘liq. Buxgalter sifatida aytish mumkinki, asosiy vositalarning balans qiymati qanchalik katta bo‘lmasin, agar ulardan samarali foydalanilmasa, korxona kutilgan iqtisodiy natijalarga erisha olmaydi [1]. Shu sababli innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Bugungi kunda korxonalarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki asosiy vositalarning xizmat muddatini uzaytirish va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish imkonini bermoqda. Xalqaro iqtisodiy tahlillarga ko‘ra, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy qilgan korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi o‘rtacha 20–30 foizga oshgan. Ayrim yuqori texnologik tarmoqlarda esa bu ko‘rsatkich 40 foizgacha yetgan. Bu esa asosiy vositalarning har bir birligidan olinadigan iqtisodiy samaraning ortishiga xizmat qilmoqda.
References
1. Dusmuratov R.D.. Buxgalteriya bisobi nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2013. – 476 bet.
2. Эргашева Ш.Т. Бухгалтерский учет. Учебное пособие. – Т.: “Иқтисод-Молия”, 2011. 520 стр.
3. Алборов Р.A. Teoрия бухгалтерского учета: Учебное пособие. – 3-e изд., перераб. и доп. – Ижевск: ФГБОУ ВО Ижевская ГСХА, 2016. – 300 с.