JADIDLAR BADIIY TAFAKKURIDA ESTETIK IDEAL VA OBRAZLAR TIZIMINING POLISEMANTIK MOHIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Hamza Hakimzoda Niyoziy, jadidchilik, dramaturgiya, teatr, tragikomediya, “Maysaraning ishi”, Mullado‘st, milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik, ijtimoiy fojia, xalq ijodi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr o‘zbek ma’rifatchilik harakati va jadidchilik adabiyotining yirik namoyandasi Hamza Hakimzoda Niyoziyning dramaturgik faoliyati va o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni tahlil qilingan. Muallif adibning xalq og‘zaki ijodi an’analari zaminida dunyoga kelgan hamda o‘zbek adabiyotida tragikomediya janriga asos solgan “Maysaraning ishi” dramasi misolida davr ijtimoiy-siyosiy manzaralarini ochib beradi. Maqolada asardagi Maysara va Mullado‘st kabi bosh qahramonlar obrazlari orqali chor Rossiyasi mustamlakachiligi davridagi millat fojiasi, ijtimoiy tengsizlik, amaldorlarning kirdikorlari hamda xalqning erk va ma’rifat sari intilishi badiiy jihatdan tadqiq etilgan. Shuningdek, XX asr boshlaridagi jadid teatri konsepsiyasining jamiyat uyg‘onishidagi ahamiyati yoritilgan.
References
1. Temur Ubaydullo. Sarg‘aymas sahifalar. - Toshkent, O‘zbekiston, 1991. – B 60.
2. Mahmuxo‘ja Behbudiy. Nashrga tayyorlovchi, to‘plovchi, so‘zboshi va izohlar muallifi prof. B.Qosimov. - Toshkent, Ma’naviyat. 2006. –B 175.
3. Hamza Hakimzoda Niyoziy. To‘la asarlar to‘plami. Uchinchi tom. Dramalar. -Toshkent, 1988. -B176.