KORXONA VA TASHKILOTLARDA SOLIQ HISOBINI TASHKIL ETISH VA UNING AHAMIYATI

Authors

  • A.Abdullayev Author
  • Muqimjonov Asilbek Kamoliddin o’g’li Author

Abstract

Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq hisobi har qanday korxona va tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy elementi bo‘lib, u davlat byudjeti bilan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy mexanizmlardan biri hisoblanadi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amaldagi soliq qonunchiligi talablariga muvofiq ravishda tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan, soliq hisobining samarali va to‘g‘ri yuritilishi nafaqat soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlaydi, balki xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy barqarorligi hamda iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, soliq hisobi korxonalarda soliq risklarini aniqlash, baholash va minimallashtirish, shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot bazasini shakllantirishning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Barcha davrlarda soliqlar barcha mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai hisoblanib, ular orqali davlat milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyalarini amalga oshiradi. Mazkur jarayonning amaliy jihatdan samarali tashkil etilishi soliq hisobi tizimi va uning to‘g‘ri yuritilishiga bevosita bog‘liqdir. Shu sababli soliq hisobi davlat moliyaviy siyosatini amalga oshirish hamda byudjet daromadlarini shakllantirishning muhim instrumentlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (30.12.2019 yildagi O‘RQ-599-son).

2. O’zbekiston Respublikasining 2025 yil 25 dekabrdagi O’RQ-1104-son va O’RQ-1108-son Qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan asosiy o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida soliq to’lovchilar uchun eslatma.

3. “Soliq hisoboti” fanida o’quv materiallar/K.M.Misirov, U.A.Nurmanov.: Toshkent Moliya instituti, Toshkent – 2016.

4. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik / J.R. Zaynalov, S.S. Aliyeva, Z.O. Axrorov, Z.J. Rasulov va boshqa. – T.: “Iqtisod-Moliya” 2021. – 364 b.

5. Ivanko natalia aykazovna: The place of tax accounting in tax accounting system of an organization.

Published

2026-06-02

How to Cite

A.Abdullayev, & Muqimjonov Asilbek Kamoliddin o’g’li. (2026). KORXONA VA TASHKILOTLARDA SOLIQ HISOBINI TASHKIL ETISH VA UNING AHAMIYATI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 55(2), 72-74. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/1046