SANOAT KORXONALARIDA FAN-TA’LIM INTEGRATSIYASINING ZAMONAVIY MODELLARI VA XORIJIY TAJRIBA
Abstract
Bugungi globallashuv sharoitida sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlashda fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion rivojlanishning asosiy manbai ilmiy bilimlar va ularning ishlab chiqarishga tezkor tatbiq etilishi hisoblanadi. Shu sababli sanoat korxonalarida fan-ta’lim integratsiyasini rivojlantirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, mehnat unumdorligini oshirish va texnologik yangilanishlarni jadallashtirish imkoniyati yuzaga keladi.
Fan-ta’lim integratsiyasi deganda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va sanoat korxonalari o‘rtasida bilim, texnologiya va innovatsiyalar almashinuvi asosida tashkil etilgan hamkorlik tizimi tushuniladi [1]. Ushbu tizimning asosiy maqsadi ilmiy g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarish muammolariga ilmiy yechim topish va innovatsion mahsulotlar yaratishdan iboratdir. Sanoat korxonalarida bu integratsiya ilmiy izlanishlar natijalarini bevosita ishlab chiqarish jarayoniga kiritish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
References
1. Xikmatullaevich S. U., Burxonjonovna O. R. OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI XORIJIY DAVLATLAR MISOLIDA TAHLIL QILISH //AMERICAN JOURNAL OF EDUCATION AND LEARNING. – 2025. – Т. 3. – №. 11. – С. 225-233.
2. Karshiboyevna T. G. et al. ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH TAJRIBASINING TEXNIK TA’LIMDAGI O ‘ZARO BOG ‘LIQLIGI //O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. – 2025. – Т. 4. – №. 46. – С. 157-160.
3. Radjabovich U. S. et al. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR //Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi. – 2025. – Т. 59. – №. 2. – С. 329-334.