O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR BOZORI TARKIBI VA UNING ASOSIY IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Abstract
Xizmatlar bozori iqtisodiyotning muhim va tez rivojlanayotgan sektorlaridan biri bo‘lib, unda moddiy mahsulotlar emas, balki turli xil xizmatlar oldi-sotdi qilinadi. Xizmatlar iqtisodiy faoliyat natijasi bo‘lib, u iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi [1]. Ushbu bozor tarkibiga transport, aloqa, bank, sug‘urta, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, savdo va axborot texnologiyalari kabi ko‘plab yo‘nalishlar kiradi.
Zamonaviy iqtisodiyotda xizmatlar bozorining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra [2,3], rivojlangan mamlakatlarda xizmatlar sektori yalpi ichki mahsulotning 60–75 foizini tashkil etadi. Bu holat iqtisodiyotning industrial bosqichdan postindustrial bosqichga o‘tayotganini ko‘rsatadi. Xizmatlar bozori iqtisodiy o‘sish, bandlikni ta’minlash va innovatsion rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi.
References
1. Abduraxmonovich B. A. XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA YO‘NALISHLARI //Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting. – 2024. – Т. 4. – №. 09. – С. 14-19.
2. World Bank. (2024). World Development Indicators: Services, value added (% of GDP). https://data.worldbank.org/indicator/NV.SRV.TOTL.ZS
3. International Monetary Fund (IMF). (2024). World Economic Outlook Database. https://www.imf.org/en/Publications/WEO
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. www.stat.uz