DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TIZIMINI ZAMONAVIY STANDARTLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit soʻzlar: davlat fuqarolik xizmati, maʼmuriy islohotlar, meritokratiya, raqamlashtirish, KPI, HR-metrika, kadrlar salohiyati, shaffoflik, korrupsiyaga qarshi komplayens.Abstract
Annotatsiya: Ushbu ilmiy tezisda Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlarning bugungi bosqichida davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalar asosida tubdan takomillashtirishning konseptual asoslari tadqiq etilgan. Maqolada tizimda kadrlar salohiyatini oshirish, davlat xizmatiga qabul qilish va xizmat pogʻonalaridan koʻtarilishda inson omilini kamaytirish hamda meritokratiya (iqtidorlilarni saralash) tamoyilini toʻliq joriy etish masalalari tizimli tahlil qilingan. Shuningdek, davlat boshqaruvida shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish vositasi sifatida sohani toʻliq raqamlashtirish, "HR-metrika" dasturlarini amaliyotga tatbiq etish hamda davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy mezonlari — KPI (Eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari) tizimini qonunchilik va amaliyotga chuqur integratsiya qilish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot yakunida sohada uzoq muddatli strategik maqsadlarga erishish, kadrlar zaxirasini ("oltin zaxira") shakllantirish va xizmatchilarning kasbiy etika qoidalarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-788-son Qonun, 2022-yil 8-avgust. – Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. “Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonun, 2024-yil 5-iyun. – Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2024-y.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoni, 2022-yil 21-dekabr. – Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni, 2023-yil 11-sentabr. – Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2023-y.