TURIZM SOHASIDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Kalit so'zlar: raqamli marketing, turizm, SEO, kontent marketing, SMM, email marketing, CRM tizimi, OTA platformalari, O'zbekiston turizm bozori.Abstract
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi turizm sanoatini tubdan o'zgartirib bormoqda. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, sun'iy intellekt va mobil texnologiyalar turizm mahsulotini targ'ib qilish, sotish hamda mijozlar bilan muloqot o'rnatish tarzini qayta shakllantirdi. Raqamli marketing turizm korxonalari uchun nafaqat targ'ibot vositasi, balki raqobatbardoshlikning asosiy strategik omili sifatida tan olindi. «O'zbekiston — 2030» strategiyasida 2030-yilga qadar xorijiy turistlar sonini 20 millionga, turizm daromadlarini esa 10 milliard AQSh dollariga yetkazish belgilangan.1 Shu boisdan, raqamli marketing strategiyasini tizimli va kompleks rivojlantirish dolzarb masalaga aylangan.
Raqamli marketing turizm sohasida ayniqsa muhim o'rin tutadi, chunki turizm mahsuloti nomoddiy xarakter kasb etadi — potentsial mijoz uni sotib olishdan oldin sinab ko'ra olmaydi. UNWTO ma'lumotlariga ko'ra, zamonaviy sayohatchilarning 82 foizi sayohat rejasini turishdan oldin internetdan foydalanadi, 74 foizi onlayn bron qiladi.2 Shu sababli raqamli kontent, vizual materiallar v haqiqiy sayohatchilarning izohlari (reviews) qaror qabul qilishda birlamchi manba bo'lib xizmat qiladi.
Tadqiqotning maqsadi — turizm sohasida raqamli marketing strategiyasining nazariy asoslarini o'rganish, O'zbekiston sharoitidagi hozirgi holati va bo'shliqlarini aniqlash hamda uni kompleks rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
References
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158- sonli «O'zbekiston — 2030» strategiyasi to'g'risidagi Farmoni. // lex.uz
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079- sonli «Raqamli O'zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash to'g'risidagi Farmoni. // lex.uz
O'zbekiston Respublikasining «Turizm to'g'risida»gi Qonuni (yangi tahriri). 2019-yil 24-dekabr. O'RQ-600. // lex.uz
Kotler Ph., Bowen J., Makens J. Marketing for Hospitality and Tourism. 7th ed. — Pearson, 2017. — 672 p.
Chaffey D., Ellis-Chadwick F. Digital Marketing: Strategy, Implementation and Practice. 7th ed. — Pearson, 2019. — 720 p.
Middleton V., Fyall A., Morgan M. Marketing in Travel and Tourism. 4th ed. — Butterworth-Heinemann, 2009. — 543 p.
UNWTO World Tourism Barometer 2023. — Madrid: UNWTO, 2023. —
84 p.
HubSpot. The State of Marketing 2023. — Cambridge (MA): HubSpot, 2023. — 65 p.
Litmus Research. 2023 State of Email Report. — Cambridge (MA): Litmus, 2023. — 58 p.
Google Think. Travel Micro-Moments: Now or Never. — Mountain View: Google, 2022. — 24 p.
Xolmatov A.U. O'zbekistonda turizm marketingini rivojlantirish istiqbollari.
— Toshkent: TDIU, 2022. — 178 b.
Tursunova G.A. O'zbekiston turizmida raqamli kontent strategiyasi. // O'zbekiston iqtisodiyoti. — 2023. — №4. — B. 67-74.
Yo'ldoshev B.T., Nishonov M.B. O'zbekistonda onlayn turizm bozori rivojlanishi va tendentsiyalari. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar.
— 2022. — №6. — B. 112-121.
O'zbekiston Statistika agentligi. Turizm statistikasi: 2023-yil xulosasi. —
Toshkent, 2024.
Ryan D. Understanding Digital Marketing. 5th ed. — Kogan Page, 2020. —
384 p.