ADABIYOT DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARASI
Abstract
Ma’lumki, «Adabiyot» darslariga noan’anaviy darslarni olib kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o‘tishning yangi-yangi usullarini topish Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, o‘z xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Adabiyot» darslarining o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, biz ham o‘z darslarimizni tashkil etishda aynan shu maqsadlarni ko‘zlagan holda ish olib boramiz.
Dars o‘tish qulay va jonli bo‘lishi uchun turli ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqamiz. Ulardan o‘z vaqtida va o‘rnida foydalanishga harakat qilamiz. Murakkab mavzuni o‘quvchilar ongiga osongina yetkazish uchun «Aqliy hujum», «Zakovat», «Modul dars», «Zigzak», «Interfaol», «O‘yin dars», «Munozarali-bahsli dars», «Sayohat dars», «Musobaqa dars» kabi usullardan foydalanaman. Darslarda o‘zim o‘rgatgan manbalardan, savollar yoki testlardan unumli foydalanishga harakat qilaman.