KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING HUQUQIY ASOSLARI VA MEXANIZMLARI

Authors

  • Nishanova Farida Mamasharifovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Korrupsiya, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Taraqqiyot strategiyasi, komplayens-nazorat, huquqiy ong, huquqiy madaniyat.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasida mustaqillik yillarida, xususan so‘nggi o‘n yillikda shakllantirilgan normativ-huquqiy baza tizimli tahlil qilinadi. Maqolada “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun (2017, 2020-yilda yangi tahrir) va uning ahamiyati, qonunda belgilangan korrupsiyaning huquqiy ta’rifi, asosiy prinsiplar va davlat siyosatining yo‘nalishlari o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirishga qaratilgan PF-5729-son, PF-6013-son, PF-6257-son farmonlari hamda PQ-81-son, PQ-240-son qarorlari tahlil qilingan. “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga ajratilgan ustuvor yo‘nalishlar yoritilgan. Maqolada, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining normativ hujjatlari ham ko‘rib chiqilgan. Ta’lim tizimi va falsafa fanini o‘qitishda korrupsiyaga qarshi mavzuni yoritishning muhimligi alohida ta’kidlangan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrir). – Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 29-iyunda qabul qilingan. – URL: https://lex.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni. – 2019-yil 27-may. – URL: https://lex.uz

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni. – 2020-yil 29-iyun. – URL: https://lex.uz

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6257-son Farmoni. – 2021-yil 6-iyul. – URL: https://lex.uz

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-son Qarori. – 2022-yil 12-yanvar. – URL: https://lex.uz

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-240-son Qarori. – 2022-yil 11-may. – URL: https://lex.uz

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. – 2022-yil 28-yanvar. – URL: https://lex.uz

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 829-son Qarori. – 2020-yil 31-dekabr. – URL: https://lex.uz

9. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i. – 2021-yil 8-sentyabr. – URL: https://anticor.uz

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – 2020-yil 24-yanvar. – URL: https://president.uz

Published

2026-06-02

How to Cite

Nishanova Farida Mamasharifovna. (2026). KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING HUQUQIY ASOSLARI VA MEXANIZMLARI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 55(2), 204-209. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/1093