FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY AN’ANALAR GENOFONDI VA UNI SOG‘LOMLASHTIRISHNING ESTETIK MASALALARI

Authors

  • Barakayeva Gavhar Luqmonovna Author

Abstract

Bugun insoniyat globallashuv va informasion texnologiyalarning shiddatli rivojlanish davrida yashamoqda. Ushbu jarayonlar bizning hayot tarzimiz, dunyoqarashimizga faol ta’sir o‘tkazib, asrlar davomida shakllanib avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’analarimizning mazmun mohiyati va shakliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. XXI asr xalqimizning milliy xususiyatlarni o‘rganish sohasida yangi bosqichni boshlab berdi, desak xato bo‘lmaydi. Ayniqsa, mamlakatimizda istiqlol yillarida xalqning milliy qadriyatlar, tarixiy an’analarga  bo‘lgan e’tibori yanada oshib, o‘zligini anglash jarayoni jadallashib ketdi. Milliy-etnik o‘zlikni anglash hissini kuchayishi natijasida o‘zbek xalqi etnogenezi, milliy an’analarning transformasiyasi sohasiga oid salmoqli tadqiqotlar olib borildi. Qolaversa, jamiyatda uzoq yillar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho merosimizni, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni qaytadan tiklanishi hamda ularning eng ibratli jihatlarini jamiyat hayotiga olib kirish borasidagi ilmiy izlanishlarga bo‘lgan talab va ehtiyoj yuqori edi.  Jahon xalqlari taraqqiyotida biror bir xalq yo‘qki, o‘z milliy an’ana va qadriyatlar tizimiga ega bo‘lmagan. Milliy an’analar milliy davlatchilik qurilishining asoso hisoblanadi. Shu bilan birga har bir tarixiy taraqqiyot bosqichlarida milliy an’analar ham transformatsiyalashib, o‘zgarib, zamonaviy davrga moslashib boraveradi. Hozirgi kunda ham non va non mahsulotlari muqaddas sanaladi va hatto bolalarga kichik yoshligidanoq “nonning ushog‘i han non” ekanligi singdirib boriladi. Bu asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelgan zardo‘shtiylikdagi milliy an’analar bilan bevosita bog‘liqdir. Shu boisdan ham har bir mamlakat sivilizatsiyasining qanchalik qadimiyligi darajasi, uning milliy an’ana, qadriyat, marosimlarining tarixiy ahamiyati bilan belgilanadi. “Negaki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbollarini tasavvur eta olmaydi”[1]. Qadriyat va an’analar har bir xalqni millat sifatida dunyoga tanitadigan, yagona maqsad sari safarbar etadigan, uyushtirish, birlashtirish, rivojlantirish xususiyatini o‘zida mujassamlashtirgan, milliy davlatchilikni shakllantirish funksiyasini amalga oshiradigan hodisadir. Zero, I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda. “Biz - ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz”[2].


[1] Баркамол авлод — Узбекистон тараккиётининг пойдевори. // Баркамол авлод орзуси. — Т.: Шарк, 1997.

[2] Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, - B. 1997. –B. 137.

References

1. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.// Barkamol avlod orzusi –T.;SHARQ , 1997

2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, - B. 1997.

3. Смит Э.Д. Национализм и модернизм: Критический обзор современных теорий наций и национализма / пер. с англ. А.В. Смирнова. М.: Праксис, 2004.

4. В.С.Степин. Цивилизация и культура. Москва. Луч, 2018. - Б.83.

5. Драч Г.В., Сёмина Г.В. Трансформации этнических культур в глобализированном мире: основные аспекты проблемы // Вестн. Сев. (Арктич.) федер. ун-та. Сер.: Гуманит. и соц. науки. 2019. № 1.

6. Мазаева Т.А. Этнос в пределах новой онтологии // Cборник материалов I Международного конгресса «Пространство этноса в современном мире», Грозный, 2014.

Published

2026-06-24

How to Cite

Barakayeva Gavhar Luqmonovna. (2026). FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY AN’ANALAR GENOFONDI VA UNI SOG‘LOMLASHTIRISHNING ESTETIK MASALALARI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 56(1), 163-166. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/2212