TEXNIKA OLIY TAʼLIM MUASSASALARI TALABALARIDA JISMONIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Texnika oliy taʼlimi, Jismoniy madaniyat, Raqamli texnologiyalar, Mobil ilovalar, Gipodinamiya, Gamifikatsiya, Monitoring, Sog‘lom turmush tarsi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada texnika oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida jismoniy madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda raqamli texnologiyalar hamda mobil ilovalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Bugungi kunda texnika yo‘nalishidagi talabalarning o‘quv jarayonidagi yuqori aqliy yuklamasi va kamharakatlilik (gipodinamiya) holati tahlil qilingan. Muallif tomonidan jismoniy tarbiya darslarini raqamli muhit bilan integratsiyalash, fitnes-ilovalardan foydalangan holda talabalarning jismoniy faolligini monitoring qilish va gamifikatsiya (o‘yinlashtirish) vositalari orqali ularda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish metodikasi taklif etilgan. Tadqiqot natijalari raqamli vositalarning talabalar salomatligini mustahkamlash va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi samaradorligini ko‘rsatib beradi.
References
1. Abdullaev, A. K., & Karimov, B. S. (2025). Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari. Jismoniy Tarbiya va Sport Muammolari, 14(2), 45–52.
2. Ismoilov, S. A. (2024). Zamonaviy jamiyatda talaba-yoshlar jismoniy madaniyatini shakllantirishda raqamli texnologiyalar va geymifikatsiyaning o‘rni. O‘zbekiston Milliy Universiteti Xabarlari, 2(1/2), 118–124.
3. Xusanov, D. R. (2026). Talabalik davrida gipodinamiya muammosi va uning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga ta’siri. Sport Akademiyasi Ilmiy Jurnali, 18(1), 22–29.