O‘ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA ONLAYN TARJIMA MATNLARIDA KONNOTATIV MA’NOGA EGA TIL BIRLIKLARINI TAHRIRLASHNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: konnotatsiya, onlayn tarjima, tahrir, lingvopragmatika, semantik yo‘qotish, madaniy realiya, emotsional ma’no, tarjima strategiyasi, o‘zbek-ingliz tarjimasi.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek tilidan ingliz tiliga onlayn tarjima platformalari orqali amalga oshirilgan tarjimalarda konnotativ ma’noga ega til birliklarining berilishi va ularni tahrirlash masalalari tahlil qilinadi. Konnotativ birliklar milliy-madaniy, emotsional, obrazli va baholovchi ma’no qatlamlariga ega bo‘lgani sababli ularni avtomatik tarjimada to‘liq aks ettirish ko‘pincha murakkab kechadi. Maqolada maqollar, iboralar, murojaat shakllari, emotsional-ekspressiv birliklar hamda madaniy realiyalar tarjimasida yuzaga keladigan semantik yo‘qotishlar, uslubiy nomuvofiqliklar va pragmatik xatolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bunday birliklarni tahrirlashda kontekstual moslashtirish, funksional ekvivalent tanlash, izohli tarjima va pragmatik kompensatsiya usullarining ahamiyati asoslab beriladi.
References
1. Baker, M. In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge, 1992.
2. Newmark, P. A Textbook of Translation. New York: Prentice Hall, 1988.
3. Nida, E. Toward a Science of Translating. Leiden: Brill, 1964.
4. Komissarov, V.N. Teoriya perevoda. Moskva: Vysshaya shkola, 1990.
5. Бархударов, Л.С. Язык и перевод. Москва: Международные отношения, 1975.
6. G‘afurov, I., Mo‘minov, O., Qambarov, N. Tarjima nazariyasi. Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2012.