TURGUT ÖZAKMAN DRAMATURGIYASIDA TARIXIY SHAXS KONSEPSIYASI: ME’MOR SINAN OBRAZI

Authors

  • Komilova Zuhraxon Yusufbay qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Turk dramaturgiyasi, tarixiy shaxs konsepsiyasi, Me’mor Sinon, biografik teatr, insoniy jihat, sahna nutqi, dramatik maxorat.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada taniqli turk dramaturgi Turgut O‘zakmanning tarixiy dramalarda shaxs konsepsiyasini yoritish mahorati uning “Ben Mimar Sinan” (“Men Me’mor Sinon”) pyesasi misolida atroflicha tahlil qilinadi. Muallif yozuvchining an’anaviy, bir tomonlama ideallashtirilgan tarixiy obraz yaratish qoliplaridan voz kechib, Me’mor Sinon shaxsini ham buyuk daho, ham ichki kechinmalarga boy murakkab inson sifatida kashf etish mahoratini tadqiq etgan.

Tadqiqotda pyesaning syujet va kompozitsion qurilishi tahlil qilinib, unda Sinonning harbiy yurishlardagi muhandislik faoliyati (Van ko‘lidagi kemalar, Prut daryosidagi ko‘prik qurilishi) hamda uning usmonli me’morchiligining cho‘qqisi hisoblangan 48 yillik bosh me’morlik faoliyati, shuningdek, uning shoh asarlari yaratilish tarixi badiiy jihatdan qanday aks etgani ko‘rsatib berilgan. Maqolada Özakmanning XVI asr “Turk yuz yilligi” madaniy-ijtimoiy muhitini (Boqiy, Fuzuliy, Matrakchi Nasuh, Piri Rais kabi shaxslar fonida) asarda jonlantirish mahorati yoritiladi.

References

1. Çağlar M. Turgut Özakman’in oyun yazarlığı – Adana: Doktora Tezi, 2010. – 791 s.

2. Özakman T. Ben Mimar Sinan, 2. Basım. – Ankara: Bilgi Yayınevi, 2024. – 201 s.

3. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Akademnashr, – T.: 2018. – 318 b.

4. Sibel Z. Turgut Özakmanın yapıtlarında toplumsal sorunlar, – Ankara: Doktora Tezi, 2015. – 366 s.

5. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: “Oʻqituvchi NMIU”, 2005. –233 b.

6. https://tez.yok.gov.tr

7. https://ziyouz.com

Published

2026-07-01

How to Cite

Komilova Zuhraxon Yusufbay qizi. (2026). TURGUT ÖZAKMAN DRAMATURGIYASIDA TARIXIY SHAXS KONSEPSIYASI: ME’MOR SINAN OBRAZI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 56(1), 257-261. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/2373