JIZZAX VILOYATI TURIZM RESURSLARINING ZAMONAVIY HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
Kalit so'zlar: Jizzax viloyati, turizm resurslari, ekologik turizm, tabiiy salohiyat, turizm infratuzilmasi, rivojlanish istiqbollari, barqaror turizm, mintaqaviy turizm, agroturizm.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada Jizzax viloyati turizm resurslarining zamonaviy holati tahlil qilinib, rivojlanish istiqbollari asoslanadi. Viloyatning tabiiy (Zomin milliy bog'i, Turkiston tizmasi, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi), tarixiy-madaniy va rekreatsion salohiyati boy bo'lishiga qaramay, rasmiy statistika viloyat turizm ko'rsatkichlari mamlakat o'rtacha darajasidan sezilarli orqada ekanligini ko'rsatadi. O'zbekistonda turizm eng jadal o'sayotgan tarmoqlardan biriga aylangan va “O'zbekiston - 2030” strategiyasida yiliga 15 million xorijiy sayyoh qabul qilish maqsad qilib qo'yilgan bir sharoitda, alohida viloyatlar salohiyatini ilmiy baholash va rivojlantirish yo'llarini belgilash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maqolada viloyat turizm resurslari tasniflanadi, turizm faoliyati ko'rsatkichlari milliy darajaga qiyoslanadi, mavjud muammolar aniqlanadi hamda ustuvor rivojlanish yo'nalishlari taklif etiladi.
References
1. International Trade Administration. (2025). Uzbekistan – Travel and tourism. U.S. Department of Commerce. https://www.trade.gov/country-commercial-guides/uzbekistan-travel-and-tourism
2. Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi. (2025). Turizm va rekreatsiyaning rivojlanishi [Matbuot xabari, 12.08.2025]. https://stat.uz
3. Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali. (n.d.). Ekologiya boʻlimi: Zomin milliy tabiat bogʻi toʻgʻrisida maʼlumot. https://gov.uz
4. Zomin milliy tabiat bogʻi. (n.d.). Umumiy maʼlumotlar. https://npzaamin.uz