“TEMUR TUZUKLARI” INGLIZCHA TARJIMASIDA DINIY UNVONLAR VA IJTIMOIY MAQOM BIRLIKLARINING BERILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: “Temur Tuzuklari”, inglizcha tarjima, diniy unvon, ijtimoiy maqom, tarixiy birlik, transliteratsiya, tavsifiy tarjima, kontekstual ekvivalent, tarixiy ekvivalentlik, madaniy xususiyat, terminologik izchillik, standartlashtirish.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda “Temur Tuzuklari” asarining inglizcha tarjimasida diniy unvonlar va ijtimoiy maqomni ifodalovchi birliklarning qayta berilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sayyid, shayx, ulama, qozi, mufti, pir, darvesh, xoja, amir, bek, xon, xoqon va vazir kabi birliklarning tarixiy, diniy, siyosiy va ijtimoiy mazmuni ochib beriladi. Ushbu birliklarni ingliz tiliga tarjima qilishda transliteratsiya, tarixiy ekvivalent, tavsifiy tarjima, kontekstual almashtirish va izohlash strategiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijasida diniy unvon va ijtimoiy maqom birliklarini umumiy ma’noli inglizcha so‘zlar bilan almashtirish ularning institutsional, nasabiy va madaniy mazmunining qisqarishiga olib kelishi aniqlanadi. Shu sababli xalqaro tarixshunoslikda barqarorlashgan khan, khagan, vizier, dervish, mufti kabi shakllardan foydalanish, milliy xususiyatga ega birliklarni esa transliteratsiya va qisqa izoh asosida berish maqsadga muvofiqligi asoslanadi. Mazkur yondashuv tarjimada tarixiy aniqlik, terminologik izchillik va madaniy ekvivalentlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
References
1. Bassnett, S. Translation Studies. 4th ed. London and New York: Routledge, 2014.
2. Davy, J. The Institutes, Political and Military, Written Originally in the Mogul Language by the Great Timour. Oxford: Clarendon Press, 1783.
3. Fedorov, A.V. Osnovy obshchey teorii perevoda: lingvisticheskiye problemy. Moskva: Vysshaya shkola, 1983.
4. House, J. Translation Quality Assessment: Past and Present. London and New York: Routledge, 2015.
5. Newmark, P. Approaches to Translation. Oxford: Pergamon Press, 1981.
6. Newmark, P. A Textbook of Translation. New York and London: Prentice Hall, 1988.
7. Nord, Ch. Translating as a Purposeful Activity: Functionalist Approaches Explained. Manchester: St. Jerome Publishing, 1997.
8. Nord, Ch. Text Analysis in Translation: Theory, Methodology and Didactic Application of a Model for Translation-Oriented Text Analysis. Amsterdam and New York: Rodopi, 2005.
9. Venuti, L. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. 2nd ed. London and New York: Routledge, 2008.
10. Влахов, С., Флорин, С. Непереводимое в переводе. Москва: Международные отношения, 1980.