“TEMUR TUZUKLARI” INGLIZCHA TARJIMASIDA QABILA NOMLARINING LINGVOKULTUROLOGIK TRANSFERI VA TARIXIY-REFERENSIAL EKVIVALENTLIGI

Authors

  • Abdullayev Shaxzod Fazliddin o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: “Temur Tuzuklari”, inglizcha tarjima, qabila nomlari, etnonim, lingvokulturologik transfer, tarixiy-referensial ekvivalentlik, transliteratsiya, transkripsiya, tarixiy autentiklik, madaniy identifikatsiya, onomastik birlik, tarjima strategiyasi.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda “Temur Tuzuklari” asarining inglizcha tarjimasida qabila nomlarining berilish xususiyatlari lingvokulturologik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Qabila nomlari tarixiy matnda muayyan etnik guruhni bildiruvchi oddiy onomastik birliklar sifatida emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, ijtimoiy-siyosiy tuzilishi, madaniy identifikatsiyasi va milliy dunyoqarashini aks ettiruvchi lingvomadaniy birliklar sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Tadqiqotda qabila nomlarining ingliz tiliga transliteratsiya, transkripsiya, grafik moslashtirish, tarixiy shaklni saqlash, standartlashtirish va izohlash kabi tarjima strategiyalari orqali o‘girilishi ko‘rib chiqiladi. Asliyatdagi etnonimik birliklar bilan inglizcha tarjima variantlari o‘rtasidagi fonetik-grafik, semantik va referensial tafovutlar aniqlanib, ularning tarixiy shaxslar, qabilalar va muayyan ijtimoiy guruhlarni to‘g‘ri identifikatsiya qilishga ta’siri baholanadi. Shuningdek, xalqaro tarixshunoslikda barqarorlashgan shakllardan foydalanish qabila nomlarining tanib olinuvchanligi va tarixiy-referensial ekvivalentligini ta’minlashning muhim sharti ekanligi ko‘rsatib beriladi. Maqola yakunida qabila nomlarini tarjima qilishda milliy-madaniy xususiyat, tarixiy aniqlik va zamonaviy ilmiy transliteratsiya tamoyillarini uyg‘unlashtirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

References

1. Bassnett, S. Translation Studies. 4th ed. London and New York: Routledge, 2014.

2. Bassnett, S., Lefevere, A. Translation, History and Culture. London: Pinter Publishers, 1990.

3. Davy, J. The Institutes, Political and Military, Written Originally in the Mogul Language by the Great Timour. Inglizcha tarjima nashri.

4. Fedorov, A.V. Osnovy obshchey teorii perevoda: lingvisticheskiye problemy. Moskva: Vysshaya shkola, 1983.

5. House, J. Translation Quality Assessment: Past and Present. London and New York: Routledge, 2015.

6. Newmark, P. Approaches to Translation. Oxford: Pergamon Press, 1981.

7. Newmark, P. A Textbook of Translation. New York and London: Prentice Hall, 1988.

8. Nord, Ch. Translating as a Purposeful Activity: Functionalist Approaches Explained. Manchester: St. Jerome Publishing, 1997.

9. Nord, Ch. Text Analysis in Translation: Theory, Methodology and Didactic Application of a Model for Translation-Oriented Text Analysis. 2nd ed. Amsterdam and New York: Rodopi, 2005.

10. Venuti, L. The Translator’s Invisibility: A History of Translation. 2nd ed. London and New York: Routledge, 2008.

Published

2026-07-12

How to Cite

Abdullayev Shaxzod Fazliddin o‘g‘li. (2026). “TEMUR TUZUKLARI” INGLIZCHA TARJIMASIDA QABILA NOMLARINING LINGVOKULTUROLOGIK TRANSFERI VA TARIXIY-REFERENSIAL EKVIVALENTLIGI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 57(1), 47-53. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/2562