SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MIGRATSIYANI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY KONSEPTUAL MODELI
Abstract
So‘nggi yillarda dunyoda migratsiya jarayonlari tobora murakkablashib, ularni boshqarishda zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash zarurati ortib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda xalqaro migrantlar soni 304 million nafardan oshgan bo‘lib, bu global boshqaruv tizimlari oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Migratsiya oqimlarining o‘sishi, mehnat bozoridagi tezkor o‘zgarishlar hamda noqonuniy migratsiya xavfining ortishi davlatlardan boshqaruvning innovatsion mexanizmlarini joriy etishni talab etmoqda[1].
Raqamli iqtisodiyot sharoitida sun’iy intellekt davlat boshqaruvining deyarli barcha yo‘nalishlariga kirib bormoqda. Xususan, migratsiyani boshqarishda sun’iy intellekt katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, migratsiya oqimlarini prognozlash, hujjatlarni avtomatik tekshirish, migrantlarni mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish hamda xavflarni oldindan aniqlash imkonini beradi. Shu sababli ko‘plab rivojlangan davlatlarda sun’iy intellekt migratsiya siyosatining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda[2].
Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) ekspertlari sun’iy intellekt migratsiya siyosatini samaraliroq tashkil etish imkoniyatini yaratishini, biroq algoritmik xolislik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va inson huquqlarini ta’minlash masalalari doimo nazorat ostida bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydilar. Sun’iy intellekt inson tomonidan qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarini to‘ldiruvchi vosita sifatida qaralishi lozim[3].
Migratsiyani boshqarish nazariyasi uzoq vaqt davomida klassik iqtisodiy yondashuvlarga tayangan bo‘lsa-da, XXI asrda ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv (Data-driven Governance) konsepsiyasi tobora ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu yondashuv boshqaruv qarorlarini statistik ma’lumotlar, real vaqt rejimidagi axborot oqimlari va sun’iy intellekt algoritmlari asosida qabul qilishni nazarda tutadi. Ayniqsa, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali migratsiya tendensiyalarini oldindan prognozlash zamonaviy migratsiya siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan.
Ana Beduschi va Marie McAuliffe migratsiyani boshqarishda sun’iy intellektdan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini vizalarni rasmiylashtirish, biometrik identifikatsiya, chegara nazorati, boshpana berish bo‘yicha qarorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda migratsiya ma’lumotlarini tahlil qilish bilan bog‘laydi. Mualliflarning fikricha, sun’iy intellekt davlat organlariga katta hajmdagi axborotni qisqa vaqt ichida qayta ishlash imkonini beradi, biroq algoritmlar ustidan inson nazoratini saqlab qolish zarur[4].
References
1. Beduschi A., McAuliffe M. Artificial Intelligence, Migration and Mobility // World Migration Report 2022. Geneva: International Organization for Migration, 2022.
2. International Organization for Migration (IOM). World Migration Report 2022. Geneva: IOM, 2022.
3. International Organization for Migration (IOM). World Migration Report 2024. Geneva: IOM, 2024.
4. European Migration Network (EMN), OECD. The Use of Digitalisation and Artificial Intelligence in Migration Management. Brussels-Paris, 2022.
5. OECD. International Migration Outlook 2024. Paris: OECD Publishing, 2024.
6. OECD. International Migration Outlook 2025. Paris: OECD Publishing, 2025.
7. International Labour Organization (ILO). Use of Digital Technology in the Recruitment of Migrant Workers. Geneva: ILO, 2021.
8. International Labour Organization (ILO). Promoting Fair and Ethical Recruitment in a Digital World. Geneva: ILO, 2021.
9. de Haas H. A Theory of Migration: The Aspirations Capabilities Framework. Comparative Migration Studies. 2021. Vol. 9. Article 8. https://doi.org/10.1186/s40878-020-00210-4
10. Lee E.S. A Theory of Migration. Demography. 1966. Vol. 3(1). P. 47–57.
11. Ravenstein E.G. The Laws of Migration. Journal of the Statistical Society of London. 1885. Vol. 48(2). P. 167–235.
12. Massey D.S., Arango J., Hugo G., Kouaouci A., Pellegrino A., Taylor J.E. Theories of International Migration: A Review and Appraisal. Population and Development Review. 1993. Vol. 19(3). P. 431-466.
13. Castles S., de Haas H., Miller M.J. The Age of Migration: International Population Movements in the Modern World. 6th ed. London: Red Globe Press, 2020.
14. United Nations Department of Economic and Social Affairs (UN DESA). International Migrant Stock 2024. New York: United Nations, 2024.
15. OECD Framework for the Classification of AI Systems. Paris: OECD Publishing, 2022.
16. IOM, 2022: https://publications.iom.int/books/world-migration-report-2022-chapter-11; IOM, 2024: https://www.iom.int/advanced-analytics-and-foresight.
17. IRCC, 2026:https://www.canada.ca/en/immigration-refugees-citizenship/corporate/transparency/artificial-intelligence-strategy.html; IRCC, 2024: https://www.canada.ca/en/immigration-refugees-citizenship/corporate/transparency/digital-transparency-advanced-data-analytics/processing-applications.html.
18. ICA, 2024: https://www.ica.gov.sg/news-and-publications/newsroom/media-release/passport-less-clearance-fully-rolled-out-at-changi-airport; ICA, 2026: https://www.ica.gov.sg/enter-transit-depart/at-our-checkpoints/for-travellers/MMBS.