KAMERAL SOLIQ TEKSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • Bo‘riqulov Manuchehr Xudoyatulloyevich Author

Abstract

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjeti daromadlarini barqaror shakllantirish va soliq intizomini mustahkamlash davlat soliq organlari oldidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani samarali amalga oshirishda soliq nazoratining zamonaviy shakllaridan biri bo‘lgan kameral soliq tekshiruvi alohida ahamiyat kasb etadi. Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini uning joylashgan manziliga chiqmagan holda, soliq organlari axborot tizimlarida mavjud ma’lumotlar, elektron soliq hisobotlari, elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassalar hamda boshqa davlat organlarining axborot bazalaridan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilishni nazarda tutadi. Bunday yondashuv tekshiruv xarajatlarini kamaytirish, inson omilini qisqartirish, nazoratning shaffofligini ta’minlash hamda soliq xavflarini tezkor aniqlash imkonini bermoqda.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. – O‘RQ–599-son, 30.12.2019 (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida: PF–60-son Farmon, 28.01.2022.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: PF–5116-son Farmon, 18.07.2017.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Soliq ma’murchiligini raqamlashtirish va axborot tizimlarini rivojlantirishga oid qarorlar to‘plami. – Toshkent, 2023.

5. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi. 2025-yil yanvar–iyun oylarida kameral soliq tekshiruvlari natijalari to‘g‘risida. – Toshkent, 2025.

6. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi. 2025-yil yakunlari bo‘yicha soliq ma’murchiligi ko‘rsatkichlari. – Toshkent, 2026.

7. Bird R.M., Zolt E.M. Technology and Taxation in Developing Countries. – National Tax Journal, 2021.

8. James S., Nobes C. The Economics of Taxation: Principles, Policy and Practice. – 14th ed. – Birmingham: Fiscal Publications, 2022.

9. Turaboev I., Ergashev I. Tax monitoring in Uzbekistan: problems and issues // TSUL Legal Report. – 2022.

10. Tilabov N. Prospects for the use of digital technologies in securing tax revenues // Proceedings of the 6th International Conference on Future Networks & Distributed Systems. – 2022.

Published

2026-07-31

How to Cite

Bo‘riqulov Manuchehr Xudoyatulloyevich. (2026). KAMERAL SOLIQ TEKSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 57(1), 165-170. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/2769