TALABALIK DAVRIDA HAYOT YO‘LINI TANLASHGA KASBIY IDENTIKLIKNI TA’SIRI

Authors

  • Nodira Oribjonova Author

Abstract

Ma’lumki, hayot yo‘li insonning o‘ziga xos qiyofasi bo‘lib, unda uning dunyoqarashi va hayotiy yo‘nalishi, intilishlari va yutuqlari, hayotiy qiyinchiliklarga munosabati va ularni yengish yo‘llari aks etadi. U organizmning barcha tizimlari qulay ishlaganda va faoliyat talablariga javob berganda, uning adekvat safarbarligini belgilaydi.

Talabalik yoshidagi shaxslarning o‘z hayot yo‘liga munosabati noaniqligi sababli uyg‘un va deformasiyalangan tiplar ajratiladi. Dastlab, inson anglamagan hayot yo‘li uning xulq-atvoriga va umuman hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. U dunyoni idrok etishni, ichki shartlangan xususiyatlarni, o‘tmishni qabul qilishni, dunyoqarash va ustanovkalarni, bugunni tushunishni, kelajakka rejalar holatini belgilaydi. Shuning bilan birga sub’yektning ruhiy energiyasini uning hayotini turli davrlariga va yosh inqirozlarini hisobga olgan holda taqsimlanishini belgilaydi.

Insonning jadal kasbiy va shaxsiy shakllanishi davrida hayot yo‘lini tahlil qilish juda dolzarbdir. Darhaqiqat o‘quvchilar o‘tmish tajribasi resurslaridan foydalanib, o‘z kelajagini rejalashtirar ekanlar, hozirgi kunlarini imkon qadar samarali muvofiqlashtirishlari lozim. Tadqiqotchilar kasbiy hayot yo‘li bilan tenglashtiradilar, chunki insonlar anglangan maqsadlar, ya’ni istalgan kelajak obrazlari bilan bog‘liq xususiy harakatlar va ularning ketma-ketligini rejalashtirishda  hamda  amalga oshirish yo‘llarini qisqartirishga harakat qiladilar.

Hayot yo‘liga nisbatan bunday tezlashtirishni u maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi, chunki hayot yo‘li - bu muhokama qilish va shoshilinch yashashning shartsiz kategoriyasi emas, balki yaxlit va o‘ziga xos qadriyatdir. Shunday qilib, hayot yo‘li kasbiy o‘zini o‘zi anglash bilan chambarchas bog‘liq.

References

1. Климов Е. А. Психология профессионала [Текст]/ Е. А. Климов. - Москва: Изд - во Интапракт, 2006. - 400 с.

2. Коржова Е.Ю. Психология жизненного пути: проблемы и перспективы [Текст] / Е.Ю.Коржова // Интегративный подход к психологии человека и социальному взаимодействию людей: векторы развития современной психологической науки. - 2017. - № 3. -С. 164 - 169.

3. Красникова Ю. В. Профессиональная идентичность как основной элемент профессионального воспитания [Текст] / Ю.В. Красникова // Актуальные вопросы современной педагогики. - 2013. - №5. - С. 167 - 169.

4. Кроник А.А. Психологический возраст личности [Текст] / А.А. Кроник, Е.И. Головаха // Психология личности в трудах отечественных психологов. - 2000. - № 2. - С. 16 - 31.

5. Логинова Н.А. Жизненный путь человека как проблема психологии [Текст] / Н.А. Логинова // Вопросы психологии. - 1985. - № 1. - С. 103 - 110.

6. Петрова Ю.И. Понятие профессионального выбора в современных психологических исследованиях [Текст] / Ю.И. Петрова // Молодой ученый. - 2016. - № 22. - С. 224-227.

7. Халимова Ш.Ш. Теоретический обзор проблемы жизненной перспективы у студенческой молодежи [Текст] / Ш.Ш. Халимова // Сборник материалов международных научно-практических конференций. - 2018. - № 2.-С. 95 - 101

Published

2026-08-31

How to Cite

Nodira Oribjonova. (2026). TALABALIK DAVRIDA HAYOT YO‘LINI TANLASHGA KASBIY IDENTIKLIKNI TA’SIRI . Ta’limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq Etishning Zamonaviy Tendensiyalari Va Rivojlanish Omillari, 58(1), 163-165. https://conferns.com/index.php/trt/article/view/3117