MAKTAB O‘QUVCHILARIDA JISMONIY SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: jismoniy savodxonlik, fundamental harakat ko‘nikmalari, jismoniy tarbiya, motivatsiya, harakat kompetentligi, individual progress, faol turmush, pedagogik yondashuv.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda maktab o‘quvchilarida jismoniy savodxonlikni shakllantirishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari tahlil qilinadi. Jismoniy savodxonlik faqat jismoniy tayyorgarlik darajasi yoki sport texnikasini egallash bilan cheklanmay, o‘quvchining turli harakat vaziyatlarida ishonchli va kompetent harakat qilishi, jismoniy faoliyatning ahamiyatini tushunishi, faol bo‘lishga ichki motivatsiya va mas’uliyatli munosabatni shakllantirishi bilan bog‘liq kompleks tushuncha sifatida yoritiladi. Fundamental harakat ko‘nikmalari, o‘yin va muammoli topshiriqlar, tanlov imkoniyati, individual progress, refleksiya, raqamli vositalar va maktab-oila hamkorligi asosida jismoniy savodxonlikni rivojlantirish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, baholashda faqat sport natijasiga emas, harakat kompetentligi, motivatsiya, bilim va faol turmush odatlarining uyg‘unligiga e’tibor qaratish zarurligi asoslanadi.
References
1. Whitehead M. Physical Literacy: Throughout the Lifecourse. London: Routledge, 2010.
2. International Physical Literacy Association. The Definition of Physical Literacy. 2017.
3. Cairney J., Dudley D., Kwan M., Bulten R., Kriellaars D. Physical literacy, physical activity and health: Toward an evidence-informed conceptual model. Sports Medicine. 2019;49:371-383.
4. Edwards L.C., Bryant A.S., Keegan R.J., Morgan K., Jones A.M. Definitions, foundations and associations of physical literacy: a systematic review. Sports Medicine. 2017;47:113-126.
5. Dudley D. A conceptual model of observed physical literacy. The Physical Educator. 2015;72(5):236-260.