TALABALARDA BOSQON ULOQTIRISH TEXNIKASINI BOSQICHMA-BOSQICH SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: bosqon uloqtirish, talaba, o‘rgatish metodikasi, pedagogik jarayon, texnik tayyorgarlik, bosqichma-bosqich o‘rgatish, harakat ko‘nikmasi, aylanish harakatlari, muvozanat, koordinatsiya.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda talabalarda bosqon uloqtirish texnikasini bosqichma-bosqich shakllantirishning pedagogik xususiyatlari yoritilgan. Bosqon uloqtirish murakkab koordinatsion tuzilishga ega bo‘lgan yengil atletika turi sifatida talabalardan harakatlar izchilligi, muvozanat, fazoviy mo‘ljal olish hamda kuch va tezlikni o‘zaro uyg‘unlashtirishni talab etadi. Shu sababli texnikani o‘rgatishda harakatlarni oddiydan murakkabga, alohida elementlardan yaxlit bajarishga tomon izchil shakllantirish muhim pedagogik ahamiyatga ega. Tezisda dastlabki holat, bosqonni aylantirish, burilishlar, tayanch holatlari, yakuniy kuch berish va uloqtirish harakatlarini o‘zlashtirish ketma-ketligi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘rgatish jarayonida talabalarning individual imkoniyatlarini hisobga olish, mashqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirish, texnik xatolarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatishning ahamiyati ochib berilgan.References
1. O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. - Toshkent, 2015.
2. Salomov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. - Toshkent: ITA-PRESS, 2021. - 312 b.
3. Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. - Toshkent: O‘qituvchi, 2020. - 384 b.
4. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. - Toshkent: O‘zDJTSU, 2021. - 410 b.
5. Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. - Москва: Спорт, 2020. - 520 с.
6. Платонов В.Н. Система подготовки спортсменов в олимпийском спорте. Общая теория и её практические приложения. - Киев: Олимпийская литература, 2020. - 808 с.
7. Бондарчук А.П. Тренировка легкоатлета. - Киев: Здоровья, 1986. - 160 с.
8. Бондарчук А.П. Управление тренировочным процессом спортсменов высокого класса. - Москва: Олимпия Пресс, 2007. - 272 с.
9. Zatsiorsky V.M., Kraemer W.J. Science and Practice of Strength Training. - Champaign: Human Kinetics, 2006. - 251 p.
10. Schmidt R.A., Lee T.D. Motor Control and Learning: A Behavioral Emphasis. - Champaign: Human Kinetics, 2011. - 581 p.
11. World Athletics. Track and Field Facilities Manual. - Monaco: World Athletics, 2019.